Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya tolibon hukumatini qachon tan olishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya tolibon hukumatini qachon tan olishi ma’lum bo‘ldi

Moskva shahrida Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarda mintaqadagi 10 davlat vakillari qatnashmoqda, ularning ichida Afg‘onistonda eng ko‘p vakil — 11 kishi ishtirok etyapti.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, muzokaralarda tolibonlarning yangi hukumat tuzishga qaratilgan va’dasi hamda afg‘on xalqining huquqlarini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kobulovning bildirishicha, tolibonlarning yangi hukumati ular hech bo‘lmaganda inson huquqlariga rioya qilishsagina tan olinishi mumkin. Bundan tashqari, qo‘shni davlatlar narkotrafik, noqonuniy migratsiya va terror harakatlaridan xavotirda ekani ham alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, 27 oktyabrda Eron poytaxti Tehron shahrida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar ishtirokida uchrashuv, 10 noyabrda esa mintaqa davlatlari — O‘zbekiston, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Pokiston va Tojikiston milliy xavfsizlik kengashlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring