Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya — Xitoy  chegarasida «oltin krossovka»li sayyoh qo‘lga olindi

Rossiya — Xitoy  chegarasida «oltin krossovka»li sayyoh qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Chita (Rossiya) bojxona xodimlari Xitoyga 1,8 kilogram oltinni yashirincha olib o‘tishga uringan rossiyalik ayolni fosh qildi, deb xabar berdi «Life».

Shuncha oltini borligini ayolning o‘zi oyoq olishidan sezdirib qo‘ygan, buni payqab qolgan bojxonachilar darrov metall qidirgichni ishga tushirishgan.


Mavzuga oid: Hind styuardessasi oltin kontrabandasi bilan qo‘lga tushdi


«Bojxona tekshiruvi payti sayyoh ayol umumiy og‘irligi 1870,27 grammlik sariq metalni ko‘ngilli ravishda topshirdi. Quymalar uning krossovkasi tagcharmi orasiga joylangan ekan», — deyiladi bojxona xabarida.

Topilma qiymati to‘rt million rublga baholanmoqda. Ayolning aytishicha, buncha tilla unga meros qolgan va ularni Xitoyda pullamoqchi bo‘lgan. Biroq oltin noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan degan gumonlar bor, chunki u qo‘lbola usulda quyilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring