Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ikki nafar tajribali parashyutchi havoda to‘qnashib ketdi

Rossiyada ikki nafar tajribali parashyutchi havoda to‘qnashib ketdi

Foto:«Zextrem»

Rossiyada tajribali ikki parashyutchi havoda to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Haber7» xabar tarqatgan.

Avvallari ham bir necha bor samolyotdan parashyutda sakragan 34 yoshli Rushan Sibgatullin va 48 yoshli Oleg Shelkanov baxtsiz hodisaga uchradi.

Yetti kishilik guruh tarkibidagi ikkovlon Tatariston hududida 1600 metr balandlikdan parashyutda sakrab, havoda to‘qnashib ketdi. Ular yerga qulab, biri voqea joyida, ikkinchisi esa «tez yordam» mashinasida hayot bilan xayrlashdi.

To‘qnashuv oni va keyingi vaziyatlar boshqa bir parashyutchining kamerasida tasvirga olindi.

Voqea yuzasidan surishtiruv boshlab yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring