Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada mehnatga layoqatli erkaklar o‘limining 70 foiziga alkogolizm sabab bo‘lmoqda

Rossiyada mehnatga layoqatli erkaklar o‘limining 70 foiziga alkogolizm sabab bo‘lmoqda

Foto:«Knews.kg»

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsovaning ma’lumot berishicha, Rossiyada mehnatga layoqatli erkaklar o‘limining 70 foiziga alkogolizm sabab bo‘lmoqda. Skvorsova bu haqda «Sog‘liqni saqlash» va «Demografiya» loyihalariga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qildi, deb yozmoqda «AiF».

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, besh yildan so‘ng mamlakatda erkaklar o‘limi har yuz ming aholiga nisbatan 530 kishigacha tushishi lozim. 2017-yilga ko‘ra mazkur ko‘rsatkich 735 kishini tashkil etadi.

Avvalroq, vazir so‘nggi 15 yil davomida rossiyaliklarning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi sakkiz yilga uzaygani haqida gapirgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring