Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada mudhish jinoyat — 16 yoshli o‘smir butun oilasini qirib tashladi

Rossiyada mudhish jinoyat — 16 yoshli o‘smir butun oilasini qirib tashladi

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning Ulyanovsk oblasi, Patrikeyevo qishlog‘ida mudhish jinoyat sodir etildi. Xabar qilinishicha, voyaga yetmagan shaxs tomonidan butun oila a’zolari — 66 yoshli erkak, 69 va 42 yoshli ayol hamda 4 yoshli ikki bolakay o‘ldirib yuborilgan.

O‘smir shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. Xabar qilinishicha, 16 yoshli qotil o‘z rejasini avvaldan do‘stlaridan biriga ma’lum qilgan. U ovozli xabar yuborgan va bobosi hamda buvisini o‘ldirish niyati yo‘qligi, ammo onasi, ukasi va singlisining o‘limini ular ko‘tara olmasligi, shu bois ularni ham yo‘q qilishga to‘g‘ri kelishi haqida gapirgan.

Ayni vaqtda ushbu audioyozuv kimga yuborilgani aniqlanmoqda. Jinoyat bolta bilan amalga oshirilgan. O‘smir hammani o‘ldirib bo‘lgach, o‘ziga bir nechta jarohatlar yetkazgan. Uning jasadi uydan 500 metr uzoqlikdagi uyali aloqa vositalari antennasi tagidan topilgan.

Ayni vaqtda jinoyatga o‘zaro kelishmovchilik yoki ruhiy hastalik sabab bo‘lgani tahmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring