Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada qo‘lga olingan ukrainaliklarga pul to‘lanadi

Rossiyada qo‘lga olingan ukrainaliklarga pul to‘lanadi

Foto: «RIA Novosti»

Jamoat ishlarida faolligi va siyosiy tusdagi ayblov bilan Rossiyada qo‘lgan olingan ukrainaliklarga pul to‘lanadi. Bu haqda Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlar ishlari vazirligi ma’lum qilmoqda, deyiladi «RIA Novosti» tarqatgan xabarda.

To‘lov «Levko Lukyanenko stipendiyasi» deya nomlanib, miqdori oyiga 200 dollarni tashkil etadi.

Nega «Levko Lukyanenko stipendiyasi»?

Levko Lukyanenko ukrainalik inson huquqlari faoli, dissident, siyosiy arbob. Rossiyaga qarshi faoliyati, xususan, yuqori idoralarda rus tilida ish yuritish, shuningdek, millati rus bo‘lgan fuqarolarni katta lavozimlarga tayinlanishiga faol qarshiligi bilan tilga tushgan. U 2005 yilda «Ukraina qahramoni» unvoniga loyiq ko‘rilgan edi.

L.Lukyanenko shu yilning iyul oyida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring