Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada taniqli jurnalist qidiruvga berildi

Rossiyada taniqli jurnalist qidiruvga berildi

Foto: «Vesti»

Rossiyada xorijiy agentlar ro‘yxatiga tushgan taniqli jurnalist Aleksandr Nevzorovga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. «Interfaks» xabar berishicha, RF IIV qidiruvdagi shaxslar bazasida Nevzorovning nomi paydo bo‘lgan.

Tergov qo‘mitasi Nevzorov ustidan Rossiya qurolli kuchlari harakatlari haqida «feyk» xabarlar tarqatilishi fakti bo‘yicha jinoyat ishi ochgan. Nevzorov Mariupoldagi tug‘uruqxona qasddan o‘qqa tutilgani haqida yozgandi. Jumladan, tergov ushbu xabardagi tinch aholi vakillari tasvirlangan fotosuratlar ukrain OAV tomonidan olingani uchun ularni «feyk», deb hisoblamoqda.

Ayni paytda Nevzorov qayerda ekanini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

22-aprel kuni Rossiya adliya vazirligi jurnalistlar Aleksandr Nevzorov, Sergey Parxomenko hamda «Exo Moskvi» radiostansiyasi sobiq bosh muharriri Aleksey Venediktovlarni xorijiy agentlar reyestriga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring