Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada «Xalq xizmatchisi» seriali to‘xtatildi. Zelenskiy bunga munosabat bildirdi

Rossiyada «Xalq xizmatchisi» seriali to‘xtatildi. Zelenskiy bunga munosabat bildirdi

«Xalq xizmatchisi» serialidan kadr.

Rossiyaning TNT telekanali «Kvartal 95» studiyasi tomonidan ishlangan «Xalq xizmatchisi» seriali namoyishini to‘xtatdi. Ushbu serialda bosh obrazni Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy ijro etgan.

Shuningdek, namoyish etilgan birinchi qismda prezident Putinga oid hazil sahnasi ham kesib tashlangan.

Zelenskiy «1+1» telekanaliga bergan intervyusi davomida mazkur voqea haqida ham gapirib o‘tgan. U Rossiya telekanalida serial namoyishi to‘xtaganidan afsusda ekanini bildirgan.

- Juda afsusdaman. bu bir strategiya edi. Bilasizmi, kimdadir atom quroli bor, qimdadir «Xalq xizmatchisi» -, degan Ukraina rahbari efirda.

Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni Normand formatidagi sammit davomida Rossiya va Ukrainaning amaldagi rahbarlari ilk bor uchrashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring