Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi eng keksa pensioner aniqlandi

Rossiyadagi eng keksa pensioner aniqlandi

Rossiyadagi eng pensioner Chechenistonda yashovchi 128 yoshli kampir ekan. Bu haqda «RIA Novosti» Rossiya pensiya fondi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Fond ma’lumotlariga ko‘ra, eng keksa pensioner 1889-yil 1-iyul kuni tavallud topgan ekan.

Hozir Rossiya bo‘yicha 110 yoshdan o‘tgan 37 nafar kishi bo‘lib,  ularning barchasi pensiya olar ekan. Keksa pensionerlar Dog‘iston, Checheniston, Ingushetiya va Qabarda-Bolqarda yashashadi.

Yuzga yosh atrofidagi pensionerlar Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg va Boshqirdistonda yashaydi.

O‘tgan yili Rossiyada o‘rtacha yosh 72,6 yosh edi. Prezident Vladimir Putin shu yil 7-may kuni inauguratsiya marosimida o‘rtacha yoshni 2024-yilgacha 78, 2030-yilgacha esa 80 yoshga chiqarish bo‘yicha hukumatga topshiriq berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring