Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi harbiy omborda portlash sodir bo‘ldi

Rossiyadagi harbiy omborda portlash sodir bo‘ldi

Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, Sibirdagi harbiy omborda kuchli portlashlar natijasida 12 kishi jarohat olgan, 1 kishi bedarak ketgan va 16,500 dan ortiq kishi uylarini tashlab ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 9,533 kishi evakuatsiya qilingan. Sharqiy Sibirning Krasnoyarsk o‘lkasidagi Achinsk shahri yaqinidagi harbiy o‘q-dorilar omborida dushanba kuni sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng 7000 ga yaqin odam o‘zi hududni tark etgan.

Kuchli portlashlarni yong‘in keltirib chiqardi, natijada qora tutun osmonga ko‘tarildi. Rasmiylarga ko‘ra, seshanba kuni 12 kishi jarohat olgan va bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Ma’murlar o‘q-dorilar joylashgan joydan 30 km masofada samalyotlar qatnovi va poyezdlar harakatini to‘xtatib qo‘ydilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring