Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarov qirg‘iz xalqidan olti oy sabr qilishni iltimos qildi

Sadir Japarov qirg‘iz xalqidan olti oy sabr qilishni iltimos qildi

Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov qirg‘izistonliklarni provokatsiyalarga berilmaslikka va u qonuniy yo‘l bilan korrupsiyaga qarshi kurashishni boshlashini kutishga chaqirdi. U xalqdan yana olti oy kutishni iltimos qilgan.  Japarov o‘zining Telegram-kanalida shunday murojaat bilan chiqdi. 

Saylangan prezidentning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz xalqi korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashni 30 yildan beri kutgan.

«Men hali ish boshlamadim, islohotlar boshlangani yo‘q. 28-yanvardan rasman vazifamga kirishaman. Yangi hukumat, yangi tuzilma tuziladi. Aprelda Konstitutsiya qabul qilinadi, shundan so‘ng yangi qonunlar ishlaydi.

May-iyun oylarida yangi siyosiy jarayonlar boshlanadi va shundan keyingina biz qonuniy yo‘l bilan korrupsiyani ildizi bilan sug‘urishni boshlaymiz. Ayni paytda, o‘zingizni korrupsiyaga qarshi kurashuvchi deb atab, odamlarni ta’qib qilish va qo‘zg‘ashni to‘xtating. Men bunday odamlarni mening qarindoshlarim bo‘lsa ham qamoqqa olishlarini talab qilaman. Biz qonuniy mamlakatda yashashimiz kerak. Biz 30 yildan beri chidab kelmoqdamiz, yana olti oy sabr qiling», deyiladi murojaatnomada.

Eslatib o‘tamiz, Sodir Japarovning inauguratsiyasi 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 10 yanvar kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, mamlakat prezidentlik boshqaruv shakliga o‘zgaradi. Konstitutsiyaning tegishli loyihasi Konstitutsiyaviy Kengash tomonidan allaqachon tayyorlangan va Jo‘qorg‘i Kengesga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring