Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni AQSh razvedkasi bayonotiga jiddiy norozilik bildirdi

Saudiya Arabistoni AQSh razvedkasi bayonotiga jiddiy norozilik bildirdi

Foto: EPA/UPG

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi AQSh razvedkasining jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi, xususan, bunda mamlakat rahbariyatining qo‘li borligi to‘g‘risidagi bayonotini tuhmat va haqoratli, deb atadi. Bu haqda 27-fevral kuni «Al Arabiya» telekanali xabar berdi.

«Podshohlik hukumati bayonotdagi podshohlik rahbariyati haqidagi haqoratli va noto‘g‘ri xulosalarni qat’iy inkor etadi», TIVning bayonotidan iqtibos keltirdi telekanal.

TIV ta’kidlashicha, jurnalistga qarshi jinoyat podshohlik qonun va qadriyatlarini toptash bo‘lib, mamlakat aybdorlarni fosh etish va javobgarlikka tortish yuzasidan barcha choralarni ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh razvedkasi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi operatsiyasini shaxsan Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud tasdiqlagani ko‘rsatilgan hisobotini e’lon qilgandi.

Shundan so‘ng AQSh Davlat departamenti jurnalistning o‘limiga daxldorlikda gumon qilingan 76 nafar saudiyalik fuqaroga viza cheklovlarini tatbiq etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring