Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni qiroli saroyi yonida otishma ro‘y berdi

Saudiya Arabistoni qiroli saroyi yonida otishma ro‘y berdi

Foto:«Reuters»

Saudiya Arabistoni qirolligi poytaxti Ar-Riyod shahrida, qirol saroyi yonida otishma sodir bo‘lgan. Bu haqda «Pakistan Today» nashri xabar bergan.

Ta’kidlashlaricha, qirol Abdul Aziz al-Saud binodan evakuatsiya qilingan. «Associated Press» ma’lumotlariga ko‘ra, otishma qirolning qo‘riqchilari va to‘ntarish uyushtirishga uringan harbiylar o‘rtasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yana bir manba esa esa kichik dron urib tushirilganini aytgan.

Ayni damda politsiya tergov o‘tkazmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring