Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyalik ayollar endi samolyot ham boshqarishi mumkin

Saudiyalik ayollar endi samolyot ham boshqarishi mumkin

Foto: «ntv.ru»

Avvalroq Saudiya Arabistonida ayollarning mashina haydashiga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik. Endi navbat samolyotga. Saudiyalik ayollarga havo kemasini boshqarishga ham ruxsat berilishi mumkin, deya xabar bermoqda «Haber7».

«Euronews» tarqatgan xabarga ko‘ra, taqiq olib tashlanganidan so‘ng yuzlab ayollar uchuvchi bo‘lish maqsadida ad-Damman shahridagi Oksford uchuvchilik akademiyasi mashg‘ulotlarida qatnashish uchun murojaat qilgan.

«Avvallari uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan ayollar boshqa davlatlarga borib o‘qib kelishar edi. Begona yurtlarga borish ayollarga qiyinchilik tug‘dirardi. Endi iste’dodli ayollar uchun barcha yo‘llar ochildi», – deydi akademiyada o‘qish uchun murojaat qilganlardan biri.

Saudiyalik birinchi uchuvchi ayol Hind az-Zohid 2005 yili Iordaniyadagi Yaqin Sharq tijorat va uchuvchilik akademiyasini tamomlagan edi. Lekin o‘zi qiziqqan kasbda ishlay olmadi.

2017 yili Hind az-Zohid «Damman» aeroporti boshqaruv kengashi raisligiga saylangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring