Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sayyoramizga futbol maydoni kattaligidagi asteroid yaqinlashadigan kun aniq bo‘ldi

Sayyoramizga futbol maydoni kattaligidagi asteroid yaqinlashadigan kun aniq bo‘ldi

Foto: «Imag.one»

Odamzod uchun potensial xavfli sanalgan futbol maydoni kattaligidagi 163348 asteroidi (2002 NN4) Yer yuziga yaqin keladi. Bu haqda «Space Reference» xabar berdi.

Samoviy jism 2002-yilda kashf etilgan. Taxminlarga ko‘ra, 6-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:20 larda u sayyoramiz yaqinidan minimal masofada o‘tib ketadi. Asteroid bilan sayyoramiz o‘rtasidagi masofa 5,93 million kilometrni tashkil etadi. Kosmik jismning Yerga yaqin keladigan minimal masofasi ham orbitadan oygacha bo‘lgan masofadan 13 baravar uzoqroq.

Asteroid trayektoriyasi Yer orbitasini kesib o‘tadi, shu bois ham u potensial xavfli hisoblanadi. Garchi asteroid «mutlaq nuqtai nazardan» kichkina bo‘lsa ham (250 metrdan 570 metrgacha), u boshqa xavfli jismlarga qaraganda 90 foiz kattaroq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring