Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada samolyot halokatga uchradi: qurbonlar bor

Turkiyada samolyot halokatga uchradi: qurbonlar bor

Foto: «P Photo/IHA»

Turkiya sharqida razvedkachi samolyot halokatga uchradi, yetti nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Anadolu».

Mamlakat ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu bayonot berishicha, samolyot Van viloyatida Artos tog‘lari hududida 2,2 ming metr balandlikda qulagan.

Soyluning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ikki nafar uchuvchi ham bor.

Mahalliy telekanallarning ma’lum qilishicha, samolyot chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:34 da Van Ferit Melen aeroportidan havoga ko‘tarilgan. Taxminan 22:45 larda u bilan aloqa uzilib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring