Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiya prezidenti Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmagani sababini ma’lum qildi

Serbiya prezidenti Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmagani sababini ma’lum qildi

Foto: «Google.com»

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich nima sababdan Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olinmaganiga izoh berdi.

«Agarda biz hozir Qrimni Rossiya tarkibida, deb tan oladigan bo‘lsak, Kosovo masalasida bizga qarshi bo‘lganlarga gap topiladi. Bunday holatda, Kosovo ham xuddi shu prinsip asosida to‘laqonli mustaqil davlat, deb bizga qarshi chiqishlari turgan gap. Bizga: «endi sizda Kosovo masalasida hech qanday huquq qolmadi», deb aytadilar», — deydi Vuchich.

Aynan shu sababga ko‘ra Serbiya prezidenti o‘z «davlati va millati manfaatiga qarshi bora olmasligi»ni bildirgan. Ammo shu bilan birga Vuchich mazkur holat Belgrad va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarga soya solmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014-yilda o‘tkazilgan referendumga ko‘ra Rossiya tarkibiga qo‘shilgani e’lon qilingan edi. Ammo Ukraina tomoni bu referendumni tan olmagan. Shuningdek dunyo hamjamiyati ham Qrimni Ukraina hududi sifatida biladi.

Kosovo esa 2008-yilda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan edi. Bu mustaqillikni Yevropaning ko‘plab davlatlari tan olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring