Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya Rossiyadan samolyot sotib olmoqchi

Shimoliy Koreya Rossiyadan samolyot sotib olmoqchi

Foto: «RIA Novosti»

Shimoliy Koreya Rossiyaning yangi yo‘lovchi samolyotlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Duma vitse-spikeri Sergey Neverov xabar berib o‘tgan.

Uning aytishicha, ayni vaqtda Shimoliy Koreya aviakompaniyasi Pxenyan — Vladivostok yo‘nalishida reyslarni amalga oshirmoqda. Rossiya va Shimoliy Koreya tomoni ushbu reyslarning xavfsizligini oshirishni istaydi. Shu bois Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy samolyotlar Shimoliy Koreyaga yetkazib beriladi.

KXDRga tegishli Air Koryo kompaniyasi samolyotlari an’anaviy tarzda Rossiyadan sotib olinadi. Ayni vaqtda mamlakat ichida Il-18 va Tu-154 samolyotlari qo‘llanib kelinmoqda. Xalqaro reyslar esa Tu-204 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring