Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyada «bir yillik» yangi prezident ishga kirishdi

Shveysariyada «bir yillik» yangi prezident ishga kirishdi

Foto: «Swissinfo»

Shveysariya atrof-muhit, transport, energetika va aloqa vaziri Simonetta Sommaruga bugun, 1-yanvardan Shveysariya prezidenti sifatida rasman faoliyatini boshladi.

Simonetta Sommarugani parlament 2019-yilning 11-dekabr kuni oliy lavozimga saylagan edi, endi u 2020-yil davomida prezidentlik faoliyatini vazirlik faoliyati bilan birga davom ettiradi.

Shveysariyada davlat rahbari yiliga almashadi: mamlakat prezidenti har yili Federal kengashning yetti nafar a’zosi (ularni ham parlament saylaydi) orasidan saylanadi.

To‘rt partiyali parlamentda Sotsial-demokratlar yetakchisi sanalgan Simonetta Sommaruga 2015-yilda ham mamlakat prezidenti bo‘lgan edi. 59 yoshli Sommaruga vazirlar kengashida 2010-yildan beri ishlaydi, ilgari adliya va politsiya vaziri bo‘lgan, 2019-yil boshida esa atrof-muhit, transport, energetika va aloqa vaziri boshqaruviga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring