Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq hokim chiqindi tashuvchilikka o‘tdi: «Maoshim ijara to‘lashga yetadi»

Sobiq hokim chiqindi tashuvchilikka o‘tdi: «Maoshim ijara to‘lashga yetadi»

Foto: «Twitter»

Shvetsiyaning Gyoteborg shahri sobiq meri, 56 yoshli Ann-Sofi Hermansson 2018-yildagi saylovlarda omadi chopmagach, idorada ish qidirib o‘tirmay, chiqindi tashuvchi firmaga haydovchi bo‘lib yollandi.

«Politico»ga bergan intervyusida Hermansson og‘ir texnika boshqarish uchun guvohnomasi borligini, yangi ishi o‘ziga yoqishini, olayotgan maoshi ijarada yashashga yetishini ma’lum qilgan. Chiqindini olib ketish uchun borganida odamlar tanib qolishidan ham or qilmaydi.

«Ba’zida odamlar nima jin urib bu ishni qilib yuribsiz deb so‘rab qolishadi», — dedi u. Aytishicha, gyoteborgliklar uni ko‘chada ko‘rib qolishsa, ko‘pincha siyosatdan gapirishni boshlashadi.

Foto: «Twitter»

Hermansson chiqindi tashiyotganini hech kimdan yashirmaydi, hatto 12 ming kishi a’zo «Twitter»dagi kanalida buni yozgan. Tvitlaridan birida sobiq mer yangi ishining o‘ziga eng yoqadigan jihatini tilga olgan: chiqindi tashuvchi sifatida hech bo‘lmaganda birovni xafa qilmaydi.

Ma’lumot uchun: Gyoteborg kattaligi bo‘yicha Shvetsiyadagi ikkinchi shahar. Mamlakatning eng sanoatlashgan shaharlaridan biri. Shaharda «Volvo», «SKF», «Victor Hasselblad AB» kabi yirik kompaniyalarning shtab-kvartiralari joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring