Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qariyalar uyida yashayotgan «Titanik» aktyori vafot etdi

Qariyalar uyida yashayotgan «Titanik» aktyori vafot etdi

Britaniyalik aktyor Devid Uorner 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Aktyorning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u saraton alomatlari bilan vafot etgan. 

«Oxirgi bir yarim yil davomida u o‘ziga xos sharaf bilan tashxisini qabul qildi. Biz, do‘stlari va oilasi, uni sog‘inamiz va saxovatli va mehribon inson, hamkor va ota sifatida eslaymiz, uning ajoyib faoliyati yillar davomida ko‘pchilikning hayotiga ta’sir o‘tkazgan», — deyiladi san’atkor oilasi bayonotida.

Devid Uorner so‘nggi kunlarini Denvil-xilldagi aktyorlar uchun mo‘ljallangan qariyalar uyida o‘tkazgan.

Devid Uorner Jeyms Kemeronning mashhur «Titanik» filmida rol o‘ynagan. Shuningdek, «Omen», «Taxt», «Adashgan dunyo» va «Maymunlar sayyorasi» filmlaridagi rollari bilan ham tanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring