Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sovuq urush qayta boshlanyapti — AQSh yana bir kelishuvdan chiqib ketmoqchi

Sovuq urush qayta boshlanyapti — AQSh yana bir kelishuvdan chiqib ketmoqchi

Foto: Lenta.ru

AQSh strategik hujum qurollarini cheklash bo‘yicha Rossiya bilan amalda bo‘lgan kelishuv muddatini uzaytirmoqchi emas. Bu haqda milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSh prezidenti yordamchisi Jon Bolton xabar berib o‘tdi.

Uning aytishicha, ayni vaqtda amalda bo‘lgan uchinchi tahrirdagi kelishuvda bir qator kamchiliklar bor. Masalan, kelishuv yaqin masofaga uchadigan yadro qurollari va Rossiyaning yangi ta’minot tizimini qamrab olmaydi. «Hozircha hech narsa aniq emas, ammo kelishuv muddati uzaytirilmasligi deyarli aniq», — deydi Bolton.

Strategik hujum qurollarini cheklash bo‘yicha uchinchi tahrirdagi kelishuv muddati 2021 yilning fevralida yakuniga yetadi. Bu borada dastlabki kelishuv 1991 yilda sobiq ittifoq va AQSh o‘rtasida imzolangan edi. Uning muddati 2009 yilning 5 dekabrida yakuniga yetgan.

Shundan so‘ng 2010 yilda o‘sha vaqtdagi prezidentlar Dmitriy Medvedev va Barak Obama o‘rtasida yangi kelishuv imzolangan edi. 2011 yilda kuchga kirgan shartnomaga ko‘ra AQSh va Rossiya kelgusi 7 yil davomida qit’alararo ballistik raketalar, suvosti kemalarining ballistik raketalari va og‘ir strategik bombardimonchi samolyotlar sonini 700 taga qadar qisqartirishi lozim edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring