Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta politsiyachilar aeroportdan 750 kilo oltin o‘marishdi

Soxta politsiyachilar aeroportdan 750 kilo oltin o‘marishdi

Illyustrativ surat

Bir guruh shaxslar o‘zlarini politsiyachilar qilib ko‘rsatib, Braziliyaning San-Paulu aeroportidan 750 kilogramm oltin va boshqa qimmatbaho metallarni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda huquq-tartibot organlari ma’lumotiga asoslanib «Reuters» xabar berdi.

Foto: «Fakty.ua»

Noma’lum kimsalar, politsiya niqobi ostida, qora mashinalarda Janubiy Amerikaning eng jo‘shqin aeroporti yuk terminaliga kelishadi. Ularning birida hatto quroli bor edi. Bosqinchilar xodimlarga oltinni avtomobillardan biriga yuklashni buyurgan. So‘ngra ikki kishini garovga olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan. O‘g‘irlangan mol-mulkning umumiy qiymati 40 million dollarga baholanmoqda.

«Folha de S.Paulo» xabar qilishicha, talonchilik arafasida yovuz niyatli kimsalar kerakli ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun aeroport xodimlaridan birining oilasini garovga olishadi. O‘g‘irlikdan so‘ng garovdagilarning hammasini qo‘yib yuborishadi.

«Politsiyachilar»ning mashinalarini jinoyat sodir etilgan joydan 12 km. uzoqlikda shaxsiy hududdan topishadi. Uning egasi guvoh sifatida ishga jalb etilgan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, jinoyatchilar o‘ljani oq avtomobilga yuklab, jo‘nab ketishgan.

Ayni vaqtda gumondor shaxslar qidirilmoqda.

Oltinni Syurix yo Nyu-Yorkka jo‘natmoqchi bo‘lishgan — aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring