Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta shifokor sud qilinadi: u COVID-19 vaksinasiga qarshi 600 ta qalbaki ma’lumotnoma yozib bergan

Soxta shifokor sud qilinadi: u COVID-19 vaksinasiga qarshi 600 ta qalbaki ma’lumotnoma yozib bergan

Foto: «ABC»

Avstraliyalik ayol shifokor niqobi ostida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiyadan ozod qiluvchi 600 ta qalbaki ma’lumotnoma yozib berdi. Endi uni 10 ming dollar jarima va qamoq jazosi kutmoqda. Bu haqda ABC telekanali xabar bergan.

Qayd etilishicha, Kvinslend shtatida yashovchi 45 yoshli ayolning tibbiyot bilan shug‘ullanish sertifikati bo‘lmagan. Qo‘lga olingan shaxs aybiga iqror bo‘lmayapti. U bunday sertifikatlar berishga haqli ekanligini aytmoqa. Chunki u koronavirus infeksiyasiga qarshi majburiy vaksinatsiyaga qarshi.

Politsiya bunday sertifikatlarni olgan odamlarni qidirmoqda. Soxta shifokor ustidan sud jarayoni 28 oktyabrda boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring