Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudan sobiq prezidenti qamoqqa jo‘natildi

Sudan sobiq prezidenti qamoqqa jo‘natildi

Foto: «InoSMI»

Harbiylar Sudanning ag‘darilgan prezidenti Umar al-Bashirni Xartum shahridagi qamoqqa jo‘natishdi. Bu haqda 17-aprel kuni «Associated Press» xabar berdi.

Harbiy kengash vakilining aytishicha, Sudanning sobiq prezidenti 16-aprel kechki payt Kopar qamoqxonasiga o‘tkazilgan. Bungacha Al-Bashir o‘z qarorgohida «uy qamog‘i»da saqlanayotgan edi.

Bir necha oy davom etgan isyonlardan so‘ng, 11-aprel kuni Sudan armiyasi davlat to‘ntarishini amalga oshirib, Umar al-Bashir hukumatdan chetlatgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring