Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriya: qochqinlar o‘z vataniga qaytishmoqda

Suriya: qochqinlar o‘z vataniga qaytishmoqda

Foto: «News Front»

Bir necha yildan buyon davom etayotgan fuqarolik urushi sabab mamlakatdan chiqib ketgan suriyaliklarning salmoqli qismi qo‘shni Turkiyada panoh topgan. Turk diyorida yashovchi suriyalik oilalar asta-sekin Idlib muzofotining xavfsiz mintaqalarga qaytishmoqda. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar berdi.

Yurtiga qaytayotgan suriyaliklar Turkiyaning «Gulu G‘ozo» chegara posti orqali o‘z vatanlariga qadam qo‘ymoqdalar.

O‘tgan oyda 5 ming nafarga yaqin suriyaliklar Idlibga qaytgan edi. Shu tariqa keyingi besh oyda vatanlariga qaytgan suriyaliklar soni o‘ttiz ikki ming nafarga yetdi. Biroq bu – dengizdan tomchi, xolos. Ma’lumki, Turkiyaning o‘zida uch millonga yaqin suriyaliklar jon saqlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring