Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada jangarilar omborxonasidan NATO qurollari topildi

Suriyada jangarilar omborxonasidan NATO qurollari topildi

Foto:«Rambler»

Suriyada urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi vakillari Homsdagi jangarilar omborxonasida NATOga a’zo davlatlarda ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni topishdi. Bu haqda «RIA Novosti» ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Markaz vakili, polkovnik Andrey Nekipelovning aytishicha, Za’faron qishlog‘ida «Jabha an-Nusra» guruhining kuzatuv punkti topilgan. U yerda qurol-yarog‘lar, gaz niqoblari hamda 1970-yilda AQShda qo‘llangan «Tou-2» raketalari topilgan.

Shuningdek, jangarilardan ozod qilingan hududda portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan yerosti sexi, tibbiyot uskunalari va garovga olinganlar saqlanadigan joy topilgan.

Avvalroq AQSh Suriyaga yordamni to‘xtatgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Jabha an-Nusra» – faoliyati bir nechta davlatda, xususan, Rossiyada ham taqiqlangan terrorchi guruh.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring