Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriyada rossiyalik harbiylar halok bo‘ldi

Suriyada rossiyalik harbiylar halok bo‘ldi

Foto:«RIA Novosti»

Suriyada terrorchilar bilan urushda 4 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Ikki nafar rossiyalik harbiy maslahatchi voqea joyida halok bo‘ldi. Besh nafar harbiy xizmatchi tan jarohati olib, Rossiya harbiy gospitaliga joylashtirildi», — deyiladi xabarda.

Ulardan ikki nafarining hayotini asrab qolish imkoni bo‘lmadi. Hukumatdan ma’lum qilinishicha, bir necha terrorchi guruh a’zolari qorong‘u paytda Dayr az-Zor provinsiyasidagi Rossiya harbiy kuchlarining artilleriya qismiga hujum uyushtirgan. Darhol ularga qarshi suriyalik harbiylar bilan birgalikda urush ochilgan. Qurolli to‘qnashuv bir soatcha davom etgan. Harbiylar oltita zirhli mashinada bostirib kelgan 43 nafar xudkushni yo‘q qilishgan.

Barcha rossiyalik harbiylarga davlat mukofoti taqdim etildi. Halok bo‘lganlardan biri 1995-yilda tug‘ilgan serjant, ikkinchisi esa 1985-yilda tug‘ilgan katta leytenant, Baykalorti o‘lkasidan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring