Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailandda harbiy askar savdo markazini qo‘lga olib, 25 kishini otib o‘ldirdi

Tailandda harbiy askar savdo markazini qo‘lga olib, 25 kishini otib o‘ldirdi

Foto: @SirajMumin

Tailand qurolli kuchlarida kecha fojeali favqulodda holat ro‘y berdi. Harbiy askar Jakrapant Tomma harbiy qismda o‘z boshlig‘i va ikki askarni otib o‘ldirib, «Jip» rusumli avtomobilda shaharga qochib, chiqib ketgan.

U ko‘chada ketayotganda yo‘l-yo‘lakay tinch aholiga qarata o‘q uzib ketgan va savdo markazlaridan biriga kirib olib, bu yerda ham xaridorlar tomon o‘t ochgan. Shundan so‘ng odamlarni garovga olib, shu yerda bekingan.

Jakrapant Tommaga qarshi Tailand hukumati tomonidan maxsus bo‘linma safarbar etildi va olib borilgan amaliyot natijasida terrorchi yo‘q qilingan. Ayni vaqtda harbiy amaliyot to‘xtatilgani rasman ma’lum qilindi. Harbiy askarning terrori natijasida 25 kishi otib o‘ldirildi va 63 kishi yaralangan.

Xabar qilinishicha, Tomma va xizmatdoshlari o‘rtasidagi maishiy muammolar fojeaga sabab bo‘lgan. Harbiy xizmatdoshlar sotib yuborilgan uy masalasida kelisha olmay qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring