Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’til o‘rniga 13 yillik qamoq: Interpolning sobiq rahbariga hukm o‘qildi (video)

Ta’til o‘rniga 13 yillik qamoq: Interpolning sobiq rahbariga hukm o‘qildi (video)

Foto: «Xabar 24»

Interpolning sobiq rahbari Men Xunvey haqida ko‘p yozganmiz. Avvaliga Xitoyda bedarak yo‘qolgani, keyin qo‘lga olingani, poraxo‘rligiga iqror bo‘lgani va iste’foga chiqqani to‘g‘risida xabar bergandik.

«Euronews» bugun, 21-yanvar kuni xabar berishicha, Men Xunvey o‘z vatani Xitoyda sud qilindi, jami 2 mln. dollar pora olganiga iqror bo‘lgan aybdor 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Men Xunvey Interpolni 2016-yilda boshqargan, bungacha o‘n yil davomida Xitoy dengiz politsiyasiga rahbarlik qilgan, jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Ayni shu davrda, tergov organlariga ko‘ra, u har xil xususiy shaxslarga pora evaziga xizmat ko‘rsatgan.

Interpol boshlig‘i Men Xunvey 2018-yilning kuzida ta’tilni o‘tkazish uchun Fransiyadan (Interpol shtab-kvartirasi shu mamlakatda joylashgan) vataniga qaytadi. Ammo oldinda uni maroqli ta’til emas, balki maxsus xizmatlar kutib turardi. Interpoldan bo‘shash to‘g‘risidagi arizani panjara ortida o‘tirib yozgan.

Men Xunvey hozir 66 yoshda, 13 yildan so‘ng bir kam 80 ga kiradi!..

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring