Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez orada hammasini ko‘rasiz» — ukrainalik harbiy Rossiyaga javob berdi

«Tez orada hammasini ko‘rasiz» — ukrainalik harbiy Rossiyaga javob berdi

Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka Bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Kiyevga qilingan raketa hujumlariga tezroq javob berishga va’da berdi.

Bu haqda Budanov o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilingan murojaatida ma’lum qildi.

Ukraina Harbiy havo kuchlari yakshanbaga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan 54 ta «Shahed» kamikadze dronidan 52 tasini urib tushirganini ma’lum qilgan. 

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning javobi «uzoq kutilmaydi».

«Tez orada hammasini ko‘rasiz», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Budanov Ukraina g‘alabasiga qadar «rossiyaliklarni dunyoning istalgan nuqtasida o‘ldirishga» va’da bergandi. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kirill Budanovning rossiyaliklarning o‘ldirilishi haqidagi so‘zlariga izoh berib, ularni «dahshatli bayonot» deya atagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring