Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tinch okeanidagi kimsasiz orol sayyoramizdagi eng ifloslangan joy bo‘lib chiqdi

Tinch okeanidagi kimsasiz orol sayyoramizdagi eng ifloslangan joy bo‘lib chiqdi

Foto: «Foto: «Phys.org»

Henderson oroli (Tinch okeani) 1988-yili BMTning Butunjahon merosi ro‘yxatiga inson qo‘li tegmagan joy sifatida kiritilgan edi. Yaqinda borib qarashsa, Henderson chiqindilar oroliga aylanib qolibdi, deb yozmoqda «Phys.org».

Yangi Zelandiya va Peru oralig‘ida joylashgan Henderson oroliga tutash 5 500 kilometr radiusda odam yashamaydi. BMTning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishida bu orol Yer yuzidagi kamdan-kam inson tomonidan o‘zlashtirilmagan manzillardan ekani alohida qayd etilgandi.

Henderson oroli oppoq qumli sohillari, ohakli qoyalari, boy o‘simlik dunyosi bilan mashhur edi.

Iyul oyi boshida Hendersonga ekspeditsiya uyushtirgan Avstraliya universiteti olimlari ko‘zlariga ishonishmadi: butun orol bo‘ylab plastik chiqindilar sochilib yotibdi: idishlar, baliqchilarning anjomlari Germaniya, Kanada, AQSh, Chili, Argentina va Ekvadordan shu yergacha oqib kelgan.

Bir paytlar sayyoramizdagi eng musaffo deya e’tirof etilgan bu go‘sha endi eng ifloslangan joyga aylangan!

Plastik chiqindilar geografiyasining kengligiga kelsak, bu korall-orol Janubiy-Tinch okeani girdobi — Avstraliya sharqidan boshlanib Janubiy Amerikaning g‘arbiy sohillarigacha davom etuvchi, soat millariga teskari harakatlanuvchi ulkan aylana okean oqimining qoq o‘rtasida joylashgan.

Foto: «Phys.org»

Orolni o‘rganishga kelgan olimlar uni tozalash bilan ovora bo‘lishdi: 6 tonnacha chiqindini bir joyga to‘plashdi. Biroq bu bilan muammo hal emas, deyishmoqda ular.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring