Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston bilan Qirg‘iziston chegarasida yana otishma bo‘lgani aytilmoqda

Tojikiston bilan Qirg‘iziston chegarasida yana otishma bo‘lgani aytilmoqda

Foto: «RIA Novosti»

Tojikiston Qirg‘iziston chegarachilari yana umumiy chegarani buzganligi to‘g‘risida e’lon qildi, qurolli hodisa natijasida ikki qirg‘iz harbiy xizmatchisi yaralandi. Bu haqda payshanba kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining matbuot markaziga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Joriy yil 8-iyul kuni to‘rt qirg‘iz chegarachisi So‘g‘d viloyati Devashtich tumanining Rosrovut qismida Tojikistonning davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tishgan. Qonunbuzarlar harbiylar va fuqarolar kiyimida bo‘lishgan, yonlarida Kalashnikov avtomatlari bo‘lgan. Ular Devashtich tumani aholisiga tegishli 9 ta otni o‘g‘irlab, o‘z hududlariga olib ketishni niyat qilishgan», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, tojik chegarachilarining davlat chegarasini buzganligi haqidagi ogohlantirishiga javoban qirg‘izistonlik harbiylar avtomatik quroldan o‘q uzishgan.

«Tojik chegarachilarining javob tariqasida otgan o‘qidan ikki nafar qoidabuzar jarohat oldi. Ayni paytda hodisaga oydinlik kiritish maqsadida ikki mamlakat vakolatli organlari vakillari voqea joyida bo‘lib turishibdi», — deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Hozircha qirg‘iz tomondan «RIA Novosti»ga izoh kelib tushgani yo‘q.

Aprel oyi oxirida bo‘lib o‘tgan ikki davlat o‘rtasidagi avvalgi chegara mojarosi har ikki tomondan 50 dan ortiq odamning umriga zomin bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring