Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston mehnat migrantlari pensiyasini Rossiya bilan kelishib oldi

Tojikiston mehnat migrantlari pensiyasini Rossiya bilan kelishib oldi

Foto: «Migrant-mobile.com»

Tojikistonlik mehnat migrantlari uchun pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi bitim loyihasi Rossiya bilan har tomonlama kelishib olindi, 22-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tojikiston ijtimoiy sug‘urta va pensiya agentligi direktori Dilmurod Davlatzoda shu haqda ma’lum qildi.

«Rossiya va Tojikiston o‘rtasida pensiya ta’minoti sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasining bahsli nuqtalari videokonferensiya shaklidagi muhokama orqali bartaraf etildi. Loyiha tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rib chiqish uchun hukumatga taqdim etildi», — dedi Davlatzoda.

Rasmiyga ko‘ra, Tojikiston Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan ham bu borada muzokaralar olib bormoqda.

Davlatzoda Tojikiston bilan tegishli kelishuvlarga ega bo‘lmagan o‘z fuqaro-migrantlarini pensiya yoshiga yetgach, faqat ijtimoiy nafaqa bilan qolish xavfi borligidan ogohlantirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring