Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda nega suitsidning ayanchli shakli keng tarqalgani o‘rganildi

Tojikistonda nega suitsidning ayanchli shakli keng tarqalgani o‘rganildi

Illyustrativ foto

Ayollarga nisbatan diskriminatsiya mavzusi tez-tez ko‘tarilib turadi, biroq uning oqibatlari haqida hamma jim (hatto milliy xarakterga ega bo‘lsa ham). Tojikiston ayollari o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning eng keng tarqalgan usuli bu o‘z-o‘zini yoqishdir, deb yozadi Rambler. Tahririyat bunday umidsizlikka nima turtki bo‘layotganini aniqlashga harakat qildi.

Amerikadagi Gallup instituti tadqiqotchilari Tojikiston aholisining 85 foizi dindorlar ekanini aniqladi. Islomda o‘z joniga qasd qilish esa kechirilmas gunoh.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2011-yilda 277 nafar tojikistonlik ayol o‘z joniga qasd qilishga uringan. 2015 yilda esa ular soni 624 nafar deb qayd etilgan.

O‘zini o‘ldirishga qaror qilgan ayollarni o‘lim qo‘rquvi ham, diniy taqiqu farzandlar kelajagidan qo‘rqish ham to‘xtata olmaydi. Avvallari qizlar osish yoki sirka ichish orqali o‘z joniga qasd qilishgan bo‘lsa, endilikda ommaviy o‘zini yoqishni tanlashyapti.

O‘z-o‘zini yoqish dastlab norozilikning radikal shakli sifatida paydo bo‘lgan. 1920-1930-yillarda Markaziy Osiyoning respublikalarida «Hujum» kampaniyasi o‘tkazildi va ayollarga paranjilarni yechib, ijtimoiy hayot boshlash taklifi berildi. Bunday qaror qabul qilish oson kechmagan, ayollar ikki o‘t orasida qolishgan: bir tomondan Sovet rahbarlarining bosimi, boshqa tarafdan diniy me’yorlar. O‘sha paytda urf-odatlarni saqlab qolish uchun kurashuvchilar paranjini yechishga jur’at etganlarni ta’qib qilishgan. Shunda birinchi marta Markaziy Osiyo respublikalaridan 203 nafar ayol o‘zini yoqish yo‘lini tanlagan.

Psixologlar o‘z joniga qasd qilishning bu turini shaxsiy muammolarni ijtimoiy darajada namoyish etish deya izohlashadi. Jimlik, andisha madaniyati ayollarning adolatga erishishiga to‘sqinlik qiladi, ularni tinglashga yo‘l qo‘ymaydi. Tojikistonda qo‘ni-qo‘shni va qarindosh-urug‘larning fikri muhim, shu bois shikoyat qilish siz uchun emas. Eng achinarlisi, o‘z joniga qasd qilgan ayollar kuyish markazlariga keltirilgach, avariya qurbonlari sifatida ro‘yxatga olinadi.

Oiladagi zo‘ravonlik mavzusi «har kimning o‘z ishi» bo‘lgani uchun aralashish taqiqlanadi. Ammo oldinlari jabrlanganlar osishni, cho‘kishni, sirka yoki dorilardan foydalanishni tanlashgan bo‘lsa (e’tiborni jalb qilmasdan), endilikda muammo ko‘lamini namoyish etish uchun «uydagi janjalni ko‘chaga olib chiqish»ga o‘tdilar.

«O‘z joniga qasd qilishning bu usulini afzal deb bilish asosan go‘yoki ruhni poklaydigan va axloqiy azob-uqubatlardan xalos qiladigan olovga sig‘inishni qadrlash bilan bog‘liq», — deb hisoblaydi tojikistonlik diplomat va siyosatchi Zafar Sayidzoda.

Bugungi kunda o‘zini yoqib yuborish holatlariga asosiy sabab — bu oilaviy zo‘ravonlik, jumladan, er yoki qarindoshlar tomonidan jinsiy zo‘ravonlik. Ba’zida vaziyat ikkinchi xotin paydo bo‘lishi bilan yanada jiddiy tus oladi, garchi Tojikistonda ko‘pxotinlilik noqonuniy hisoblansa-da.

Sotsiolog X.O.Xushqadamova 2008 yildayoq o‘zini yoqib yuborish hodisasini o‘rgangan. Uning fikriga ko‘ra, ayollar o‘z oilalari va farzandlarini zo‘ravonlikdan himoya qila olmagach shu tanlovini to‘g‘ri deb bilib, suitsidga qo‘l urishadi. Muallif o‘zini yoqib yuborish harakatlarining ikkita turini ajratib ko‘rsatgan: ongli va beixtiyor, ya’ni ayol ehtirosga berilib, bu ishni amalga oshirganda.

«Navbatdagi kaltaklardan keyin mening bardoshim tugadi, shiyponga qarab yugurdim, ustimdan dizel yoqilg‘isini quydim-da, o‘zimni yoqdim va u meni ko‘rishi uchun ko‘chaga yugurib chiqdim», — deydi Gulsifat VVC ga bergan intervyusida.

Bunday jamiyatda urf-odatlar xuddi qonunlardan kuchlidek. Afsuski, bunga o‘xshash holatlar juda ko‘p va ular bir-birini takrorlaydi. O‘qimagan ayollar erta turmushga beriladi: kelajakda ular farovonligi erining qanday inson bo‘lishiga bog‘liq. Ayollar ota-ona uyiga qaytishni o‘ylashmaydi, chunki bu — sharmandalik.

Ma’lumotsiz va hunarsiz ular o‘zi va bolalarini boqish imkoniyatiga ega emas. Madaniy chegaralar, psixologik bosim va iqtisodiy muvaffaqiyatsizliklar ayollar uchun faqat bittagina yechim qoldiradi.

«Somon xotinlar» va befarqlik qurbonlari — OAV umidsizlik sari qadam tashlagan ayollarga shunday ta’rif berishadi. Suitsidning ommaviy epidemiyasiga madaniy hodisadek qaralib, uni urf-odatlar bilan bog‘lashadi. Biroq har bir insonning hayoti muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham yuzlab o‘limlar xuddi signal beruvchi gulxandek shaxsiy hayotga emas, balki hech kim hal qilmaydigan ommaviy muammoga qaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring