Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda prezidentlik saylovlari boshlandi

Tojikistonda prezidentlik saylovlari boshlandi

Foto:«DW»

Bugun, 11-oktyabr kuni Tojikistonda prezident saylovlari boshlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da mamlakat bo‘ylab 3375 saylov uchastkasi ochilgan.

Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lumot berdi.

Ovoz berish mahalliy vaqt bilan 20:00 da tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, besh nomzod davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda. Ular orasida Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi, Yoshlar ittifoqi va Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi tomonidan nomzod qilib ko‘rsatilgan amaldagi prezident Emomali Rahmon ham bor. Shuningdek, saylovlarda sotsialistlardan Abduhalim G‘afforzoda, Tojikiston iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda, Kommunistik partiyadan Miroj Abdulloyev va Agrar partiyadan Rustam Latifzoda ishtirok etmoqda.

Amaldagi prezident Emomali Rahmon 1994-yil, noyabr oyidan buyon Tojikistonni uzluksiz boqarib kelmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring