Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojmahalga bomba qo‘yilgani haqida xabar berildi: sayyohlar evakuatsiya qilingan

Tojmahalga bomba qo‘yilgani haqida xabar berildi: sayyohlar evakuatsiya qilingan

Hindistonning Agra shahri politsiyasi dunyoga mashhur Tojmahal maqbarasi yoniga o‘rnatilgan portlovchi moslama haqidagi xabarlardan so‘ng sayyohlarni evakuatsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«2021-yil 4-martdaTojmahal yoniga bomba qo‘yilganligi va tez orada portlab ketishi haqidagi xabar kelib tushdi», - deb yozadi Agra politsiyasi vakili Twitterda.

Hindiston Markaziy qurolli kuchlari politsiyasi va Agra politsiyasi portlovchi moslamani qidirishni boshlagan, shuningdek bomba zararsizlantirish guruhi ham voqea joyiga chaqirilgan.

Ehtiyot chorasi sifatida tarixiy yodgorlik ichidagi barcha sayyohlar evakuatsiya qilingan, kirish va chiqish yopilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash xavfi bilan qo‘ng‘iroq Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining Ferozobod shahridan qilingan va qo‘ng‘iroq qiluvchini topishga harakat boshlab yuborilgan.

Agra bosh inspektori so‘ngra bomba topilgani xususida bayonot bergan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring