Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tokioda kecha ikki marta juma namozi o‘qildi

Tokioda kecha ikki marta juma namozi o‘qildi

Foto:«Sabah.com»

Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi «Tokio» jome masjidida kecha juma namozi ikki marta o‘qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«Juma namoziga odam ko‘p kelib, joy yetmagani bois namozni ikki marta o‘qishga majbur bo‘ldik», – deydi masjid imom-xatibi Muhammad Rashid Alas.

Imomning ta’sirchan ma’ruzasi tufayli namozxonlar safi kengayib borayapti. Juma xutbasi yaponcha, inglizcha va turkcha qilinayapti. Xutba va namozda o‘qiladigan oyatlarning mazmuni uchta tilga tarjima qilinib, musulmonlarga tarqatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring