Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tolibon Afg‘oniston hukumati bilan muzokara o‘tkazishni rad etmoqda. AQShning vositachiligi qayerga ketdi?

Tolibon Afg‘oniston hukumati bilan muzokara o‘tkazishni rad etmoqda. AQShning vositachiligi qayerga ketdi?

Foto: «The Guardian»

Buyuk Britaniyaning «The Guardian» nashriga ko‘ra, Tolibon AQSh vositachiligidagi tinchlik muzokaralarini rad etishni boshlagan.

28 mart kuni Tolibon Afg‘oniston hukumatining yangi muzokarachilar guruhi bilan dunyodagi eng uzoq davom etgan mojarolarni to‘xtatishga qaratilgan muzokaralarni boshlashdan bosh tortdi.

Vakil Zabihulloh Mujohidning aytishicha, Tolibon guruhi payshanba kuni hukumat rasmiylari bilan muzokaralarni boshlamaydi, chunki muzokaralar har tomonlama hisobga olinmagan, deb hisoblanmoqda.

Afg‘oniston Tinchlik ishlari vazirligi vakili Najia Anvarining so‘zlariga ko‘ra, toliblar pozitsiyasi asossiz, chunki afg‘on jamiyati o‘rtasida keng miqyosli maslahatlashuvlardan so‘ng 21 kishilik muzokaralar guruhi tayinlangan. Tolibon vakillari esa afg‘onlar tomonidan vakillar bo‘lsagina muzokaralar davom etishini bildirgan.

AQSh elchixonasi darhol rasmiy pozitsiyasini bildirmadi. Ma’lumotlarga qaraganda, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo dushanba kuni Kobulga tashrifi chog‘ida prezident Ashraf G‘ani va muxolif Abdulloh o‘rtasida vositachilik qilmaydi. Shuningdek, AQSh Afg‘onistonga bir milliard dollarlik yordamning qisqartirilishini e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring