Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» ayriboshlash usulida Rossiyadan 1 mln barrel neft so‘ramoqda

«Tolibon» ayriboshlash usulida Rossiyadan 1 mln barrel neft so‘ramoqda

«Tolibon» hukumati Moskva afg‘on tovarlaridan manfaatdor bo‘lsa, Rossiya neftini barter yo‘li bilan yetkazib berish bo‘yicha kelishib olishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat Sanoat va savdo vaziri vazifasini bajarib kelayotgan Nuriddin Aziziy RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Biz uchun eng muhim bo‘lgan narsa neft-gaz loyihasi hisoblanadi. Agar Rossiya Afg‘onistonning ba’zi mahsulotlariga ehtiyoj sezsa, ayri boshlash yo‘lini ko‘rib chiqishimiz mumkin», – deydi Aziziy.

Afg‘oniston Sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi yakshanba kuni Moskvaga yetib keldi. «Tolibon» hukumati tomonidan yuborilgan biznes missiyasi bugun Moskvada rossiyalik hamkasblari bilan muzokaralarni boshlaydi. Muzokaralar chorshanba kuniga qadar davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida, shu yilning iyun oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumda Afg‘oniston savdo-sanoat palatasi rahbari toliblar Rossiyadan 5 ming tonna neft va 2 million tonna g‘alla sotib olish istagida ekanini bildirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring