Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toronto: hujum qurbonlari soni 10 kishiga yetdi

Toronto: hujum qurbonlari soni 10 kishiga yetdi

Foto:«ERR»

«Kanadaning Toronto shahrida 23-aprel kuni soat 13:30 da avtofurgonning piyodalar ustiga bostirib borishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi. Yana 15 kishi jarohat oldi», — deya bayonot berdi mahalliy politsiya. Bundan avval 9 kishining halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Bu haqda «BBC» xabar berdi.

Mashina haydovchisi, 25 yoshli Alek Minasyan ushlandi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi profilida ta’kidlanishicha, Minasyan Senekadagi mahalliy kollej talabasidir. Ma’lumotlarga ko‘ra u atayin piyodalar ustiga haydagan, biroq buning sababi noaniqligicha qolmoqda.

Shahar politsiyasi boshlig‘i Mark Sondersning xabar qilishicha, Minasyan avvalroq politsiyaga ma’lum bo‘lmagan va biror-bir terror guruhiga aloqasi yo‘q.

Tergov davom etmoqda. Politsiya Torontodagi hodisani terakt deb hisoblamoqda.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo yuz bergan hodisani «fojiali va dahshatli hujum» deya baholadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring