Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp 2024-yildagi saylovlarda ham ishtirok etmoqchi

Tramp 2024-yildagi saylovlarda ham ishtirok etmoqchi

AQSh konservativ doiralari konferensiyasining aksariyat ishtirokchilari sobiq prezident Donald Trampni 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ko‘rishni istashmoqda.

Qo‘shma Shtatlardagi navbatdagi prezidentlik saylovlarida Trampning qatnashishi ma’qullab yig‘ilganlarning 68 foiz qismi ovoz berdi. O‘z navbatida qatnashuvchilarning 15 foizi qarshi chiqishdi. Shu bilan birga, 68 foiz ovoz beruvchi mamlakatning sobiq rahbarining siyosiy yo‘nalishini hozirda ham saqlab qolishini qo‘llab-quvvatlaganlar.

Bundan tashqari, respublikachilar ichida alohida yopiq ko‘rinishdagi so‘rovnoma ham bo‘lib o‘tgan. Yopiq so‘rovnomada Tramp 55 foiz ovoz to‘plab birinchilikni zabt etgan. Ikkinchi o‘rinni Florida gubernatori Ron Desantis egallagan - u 21 foiz ovozga ega. Janubiy Dakota gubernatori Kristi Noem - 4 foiz ovoz olishga erishgan. 

Tadbir davomida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari Trampning nutqi oldidan jonli efirda e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp AQSh tarixida ikki bor impichmentga chap bergan prezident sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring