Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp boshida qora bulutlar, fransiyalik o‘rgimchak odam, uyqudagi maxluqning uyg‘onishi (foto)

Tramp boshida qora bulutlar, fransiyalik o‘rgimchak odam, uyqudagi maxluqning uyg‘onishi (foto)

Joriy hafta ko‘zda yoshdek qalqib turgan sayyoramizda turli siyosiy inqiroz va tabiiy ofatlar ro‘y berdi. Quyida mushtariylar e’tiboriga so‘nggi 7 kun davomida ro‘y bergan 7 muhim voqea havola etilmoqda.

1. Iqtisodiy muammolar domida qolgan Livanda aksilhukumat namoyishlari tinmayapti. Norozilik aksiyalari sabab markaziy shaharlar falaj holatiga tushmoqda. Jal al-Dib, Livan. Foto: «AP»
2. AQSh parlamenti quyi bo‘g‘ini – Vakillari palatasi rasmiylari prezident Donald Tramp impichmentiga doir hujjatlarni Senatga olib ketmoqda. AQShning 45-prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda. Foto: «AFP»
3. Mahalliy aholi Taal vulqoni otilishini kuzatmoqda. «Uyqudagi maxluq»ning uyg‘onishi oqibatida Filippinning bosh aeroporti yopilib, 500 dan ziyod reyslar bekor qilindi. Talisey, Filippin. Foto: «Getty Images»
4. 2012 yil 8 maydan buyon Rossiya hukumatini boshqarib kelayotgan Dmitriy Medvedev (o‘ngda) 15 yanvar kuni iste’fo berdi. Bosh vazir kursisini Federal soliq xizmatiga rahbarlik qilib kelayotgan Mixail Mishustin (chapda) egalladi. Foto: «Reuters»
5. Bomba «yomg‘ir»idan omon qolgan ota va bola. Idlib, Siriya. Foto: Anadolu Ajansı
6. «Fransuz o‘rgimchak odami» nomi bilan tanilgan alpinist Alen Rober hukumatning pensiya islohotlariga norozilik ramzi sifatida Total minorasida xavfli tomosha ko‘rsatdi. Parij, Fransiya. Foto: «AFP»
7. Marokash va bandladeshlik qochqinlar farovon hayot istab O‘rtayer dengizi osha yo‘lga otlangan edi. Ispaniya nodavlat tashkiloti xodimlari dovulga uchragan yo‘lchilar joniga ora kirdi. Foto: «AP»

C.Calim tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring