Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp: «Koreya yarimorolini yadrosizlantirish uchun bitta uchrashuv kamlik qiladi»

Tramp: «Koreya yarimorolini yadrosizlantirish uchun bitta uchrashuv kamlik qiladi»

Foto:«Foreign Policy»

«AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Koreya yarimorolini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish muammosini AQSh va KXDR rahbarlarining birgina uchrashuvi bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Amerika rahbari Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan bo‘lgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan», — deya xabar bermoqda «Aif.ru».

Oq uy xo‘jayinining ta’kidlashicha, bu jarayon ko‘proq vaqtni oladi. U, shuningdek, mazkur masala yuzasidan tomonlar «favqulodda muvaffaqiyat»ni kutishayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, KXDR rahbari Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tadi. Sammit  ikki kun davom etishi mo‘ljallangan.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring