Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp: «Amerika vaksinasi bir necha hafta ichida taqdim etiladi»

Tramp: «Amerika vaksinasi bir necha hafta ichida taqdim etiladi»

Foto:«CBS News»

AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha hafta ichida koronavirusga qarshi Amerika vaksinasi chiqishini e’lon qildi. Tramp bu haqda CBS News telekanali tomonidan efirga uzatilgan prezidentlik uchun debat paytida aytgan.
 
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vaksina «tayyor» va yaqin orada e’lon qilinadi.
 
Shu bilan birga, Tramp bu borada to‘liq kafolat bera olmasligini, ammo yil oxirigacha vaksinaning paydo bo‘lishi uchun «yaxshi imkoniyat» mavjudligini ta’kidlagan. 
 
Eslatib o‘tamiz, AQSh koronavirus jabr ko‘rish bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘lib turibdi. Bemorlarning jami soni 8 mln.dan oshgan bo‘lsa, 222 ming kishi olamdan o‘tdi, 3 mln.dan ziyod amerikalik tuzaldi. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring