Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampni zaharlashga uringan ayol Kanada chegarasida ushlandi

Trampni zaharlashga uringan ayol Kanada chegarasida ushlandi

Illyustrativ foto

AQSh prezidentiga zaharli jo‘natmani yuborgan shaxs ayol kishi bo‘lib chiqdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ayol AQSh-Kanada chegarasida bojxona xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U qurollangan bo‘lgan. Tez orada unga ayblov e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika huquqni muhofaza qilish organlari prezident Trampga yo‘llangan shubhali jo‘natmada o‘ta kuchli zahar — ritsinni aniqlashgandi. Taxmin qilinishicha, uni Kanadadan olib kirishgan. Surishtiruv ishlari AQSh FQB va Maxfiy xizmati tomonidan olib borilyapti.

Ritsin — kaliy sianiddan olti karra kuchli, hidsiz zahar. Uning zaharini qirqadigan vosita mavjud emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring