Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning yulduzi olib tashlanadimi?

Trampning yulduzi olib tashlanadimi?

Foto: «uk.businessinsider.com»

AQShning Kaliforniya shtatidagi G‘arbiy Hollivud merligi prezident Donald Trampning «Shuhrat alleyasi» (Walk of Fame) yulduzini olib tashlashni talab qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Merlik yig‘ilishida ovoz birligi bilan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Trampning ayollarga nisbatan beo‘xshov xatti-harakati sabab qilib ko‘rsatilib, Hollivud savdo palatasi bilan Los-Anjlesdan Trampning yulduzini olib tashlash taklif qilindi.

Hollivud savdo palatasi raisi Leron Gublerning «Los Angeles Times» gazetasiga bergan intervyusida «Shuhrat alleyasi»ga qo‘shilgan yulduzlar tarixiy parcha holiga kelib qolgani, shu bois avval bu yulduzlarni olib tashlash hech kimning xayoliga kelmaganini aytgan.

Trampning yulduzi 2007-yili «Chiroq» nomli TV dasturidagi muvaffaqiyati hamda «Dunyo go‘zali» musobaqasidagi ishtiroki uchun o‘rnatilgan edi.

Bu yulduz Trampning nomzodi AQSh prezidentligiga qo‘yilganidan so‘ng bir necha marta hujumga uchradi. So‘nggi marta o‘tgan oy Austin Maykl Klay ismli kishi yulduzga zarar bergan edi.

Hollivuddagi «Shuhrat alleyasi»da 2,6 mingdan ziyod mashhur shaxslarning yulduzlari bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring