Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turk lirasi qulashdan to‘xtadi

Turk lirasi qulashdan to‘xtadi

Foto: «Finversia»

Turk lirasi, seshanba kungi keskin qulashdan so‘ng, kuchli tebranishlardan xalos bo‘lib, bugun (26-noyabr) 1 dollarga 12 liradan yuqoriroq qiymatda sotilmoqda, deyiladi «Praym» xabarida.

Bugun Turkiya milliy valyutasi kursi bir dollarga 12,06 lira nisbatni tashkil etyapti (Toshkent vaqti bilan soat 12:20 holatiga).

Turkiya valyutasi bir yilda 40 foizdan ko‘proq qadrsizlandi, seshanba kuni (23-noyabr) esa mutlaq qora rekord qayd etildi: kun davomida lira qiymati 1 dollarga nisbatan 11,37 dan 13,21 gacha tushib ketdi. Bu so‘nggi 20 yildagi eng maksimal sutkalik kurs qulashi hisoblanadi. Voqelik payshanba kuni Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 16 foizdan 15 foizga tushirish qaroriga kelgach hamda undan keyingi dushanbada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z telemurojaatida asosiy stavka yana tushirilishi mumkinligini aytganidan so‘ng yuz berdi.

Milliy valyuta qadrsizlanishi ortidan Turkiyada tartibsizliklar kelib chiqqanidan xabaringiz bor. O‘z navbatida, mamlakatdagi asosiy muxolifat partiyalari Erdo‘g‘onni layoqatsizlikda ayblab, muddatidan avval saylov o‘tkazishni talab qilishdi. Erdo‘g‘on esa ularga javoban prezidentlik va parlament saylovi rejalashtirilganidek 2023-yilning iyunida bo‘lib o‘tishini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring