Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya Iroq hududiga qo‘shin kiritdi

Turkiya Iroq hududiga qo‘shin kiritdi

Foto: «Globallookpress.com»

Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi kurd harbiy bo‘linmalariga qarshi «antiterror amaliyoti» boshladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berib o‘tgan.

Xabar qilinishicha, amaliyot 27 may oqshomida boshlangan. Turkiya armiyasi avvaliga artilleriya va aviatsiya orqali zarba berdi. Turkiya mudofaa vazirligi tomonidan xabar qilinishicha, amaliyotdan maqsad «terrorchilarni zararsizlantirish va ularning boshpanasini yo‘q qilish»dan iborat. Artilleriya va aviatsiya zarbasidan so‘ng vertolyotlar himoyasi ostida desant qo‘shinlari hujum boshlagan.

Turkiya tomoni Suriya kurdlariga tegishli «Demokratik ittifoq»ni (PYD va YPG) terrorchilik tashkiloti, deb biladi. Ushbu ittifoq Suriya shimolidagi hududlarni nazorat qiladi va uni an’anaviy tarzda AQSh qo‘llab keladi. 2018 yilning dekabrida Erdogan bayonot bilan chiqish qilgan va rasmiy Anqara Suriya hududidagi terrorchilarga qarshi yangi harbiy amaliyot boshlashga tayyorlanayotganini aytgan edi.

Turkiya harbiy bo‘linmalari Iroq hukumati bilan kelishuvga ko‘ra 2014 yildan buyon mamlakat hududida bo‘lib turibdi. Turkiya armiyasi mutaxassislari iroqlik ko‘ngillilarni tayyorlashda ishtirok etib keladi. Ammo 2015 yilning dekabrida Anqara Bag‘dodning roziligisiz Iroqdagi harbiylari sonini oshirgan edi.

Iroq hukumati ushbu holatga mamlakat suverenitetiga dahl qilish, deb qaramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring