Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya sayyohlarga o‘z darvozasini ochadi. Ammo buning bir sharti bor...

Turkiya sayyohlarga o‘z darvozasini ochadi. Ammo buning bir sharti bor...

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy.

Foto: “AA”

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi «Sog‘lom turizm sertifikati» dasturini ishga tushirdi. 2020-yil yoz mavsumidan amalga kiritiladigan dastur turizm sohasidagi xodimlar va mehmonlarning salomatligini muhofaza etish bo‘yicha keng ko‘lamli choralarni  o‘z ichiga oladi.

Dastur madaniyat va turizm, ichki ishlar hamda tashqi ishlar vazirliklari ishtirokida amalga tatbiq etiladi.

Xalqaro sertifikatlash idoralari tomonidan beriladigan ushbu sertifikat aviakompaniyalar, aeroportlar va boshqa transport ob’yektlari, turarjoy sektori hamda umumiy ovqatlanish muassasalarida sog‘liqni saqlash, sanitariya-gigiyena bo‘yicha talablarga so‘zsiz ijro etilishini ta’minlaydi.

«COVID-19 virusi tufayli butun dunyoda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan oqibatlarga olib kelgan karantin choralari bugun tobora yumshatilmoqda. Jamiyatning mo‘’tadil hayotga qaytishida esa turizm sohasi muhim rol o‘ynaydi. Madaniyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan mehmondo‘stlik bizni birinchilardan bo‘lib «sog‘lom turizm» formatiga tayyor bo‘lishimizni taqozo etadi», – deydi Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy.

Qayd etilishicha, sertifikatlash tizimi mehmonlarning o‘z ta’tillarini xavfsiz va tozalikka rioya qilingan holda o‘tkazishini kafolatlashga yo‘naltirilgan.

Turkiyada ishga tushirilgan ushbu dastur «Yo‘lovchilar salomatligi va xavfsizligi», «Xodimlar salomatligi va xavfsizligi», «Ob’yektlardagi ehtiyotkorlik choralari», «Transport sohasidagi ehtiyotkorlik choralari» kabi 4 muhim banddan iborat.

Yo‘lovchilar salomatligi va xavfsizligi qoidalari tashrif buyuruvchilarning terminalga niqobsiz kirishini taqiqlash, ularga tekin himoya niqobini tarqatish, aerovokzal/aeroportning kirish joyida tana haroratini o‘lchash uchun teplovizorli kameralar, dezinfeksiya vositalari va kabinalarni ta’minlash kabi maxsus ehtityotkorlik choralarini o‘z ichiga oladi.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoyga ko‘ra, ayni paytda turizmga dalxdor ob’yektlarda dasturga hozirlik ko‘rilmoqda. 2020-yil 1-iyundan ommaviy axborot vositalari orqali sertifikat olgan turistik sohadagi tashkilot va ob’yektlar ro‘yxati e’lon qilina boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring